Qo‘llanma: Targetium platformasida ishlash
Targetium agentligi jamoasi uchun ichki qo‘llanma: yangi mijozni platformaga ulash tartibi. Mijozlar o‘z natijasini mijoz kabinetida ko‘radi. Inglizcha interfeys: yuqori o‘ng burchakdagi EN tugmasi.
1. Workspace va jamoa
- Ro‘yxatdan o‘tish: ism, workspace nomi (Targetium), email va kamida 12 belgili parol.
- Jamoa bo‘limida xodimlarni qo‘shing. Rollar: owner (hammasi), admin, manager (loyihalar, integratsiyalar), specialist (o‘z tasklari), viewer (faqat ko‘rish).
- Mijozlar bo‘limida mijoz qo‘shing, keyin Loyihalarda mijoz uchun loyiha oching (masalan, “Mijoz — Meta Ads”).
2. Meta Ads’ni ulash
- Integratsiyalar → Meta’ni ulash. Facebook oynasida reklama akkauntlari va sahifalarga ruxsat bering.
- Reklama akkauntini loyihaga biriktirish: platforma “Meta Ads”, loyihani tanlang, Akkauntlarni yuklashni bosing, ro‘yxatdan akkauntni tanlab Akkauntni biriktirish.
- 7 kunlik ma’lumotni sinxronlash — xarajat, ko‘rsatish, klik va leadlar Hisobotlarga tushadi. Keyin worker har kuni o‘zi yangilaydi.
3. CRM’ni ulash (amoCRM yoki Bitrix24)
- CRM & Sales → CRM ulash: platforma, mijoz va CRM manzilini (masalan,
https://kompaniya.amocrm.ru) kiriting, CRM hisobiga ulanish. - Ulangandan keyin leadlar va sotuvlar har 15 daqiqada sinxronlanadi. Bitim “sotuv” bosqichiga o‘tsa, Targetium uni sotuv deb hisoblaydi.
4. Sotuvlarni Meta’ga qaytarish (Conversions API)
- Integratsiyalar → Conversion yo‘nalishlarida akkaunt yoniga mijozning Meta Dataset / Pixel IDsini kiriting va Saqlash.
- Shundan keyin CRM’dagi har bir yangi sotuv Meta’ga Purchase hodisasi bo‘lib boradi (telefon va email SHA-256 bilan shifrlangan holda). Meta reklamani formaga emas, haqiqiy sotuvga optimallashtiradi.
- Yuborish holatini CRM & Sales → Conversion outboxda ko‘rasiz: navbatda, yuborilgan, xato.
- Muhim: agar mijoz CRM’ida boshqa CAPI integratsiyasi (masalan, vidjet) xuddi shu dataset’ga sotuv yuborayotgan bo‘lsa, ulardan birini o‘chiring — aks holda sotuvlar ikki marta sanaladi.
5. Sayt atributsiyasi (ixtiyoriy)
Attribution bo‘limida tracking key yarating va berilgan skriptni mijoz saytiga qo‘ying. Tashrifchi rozilik bersa, UTM, fbclid/gclid saqlanadi va lead qaysi reklamadan kelgani ko‘rinadi.
6. Hisobotlar va mijoz kabineti
- Dashboard: oylik leadlar, sotuvlar, daromad, ochiq tasklar.
- Hisobotlar: kunlik xarajat, leadlar, CPL, CPA, ROAS (UZS — CBU kursi bo‘yicha).
- Mijoz kabineti: mijozni email orqali qo‘shsangiz, u faqat o‘z loyihalarini ko‘radi.
Ma’lumotlar va xavfsizlik
Tokenlar shifrlangan holda saqlanadi, har bir workspace ma’lumoti bazada alohida himoyalangan. Batafsil: Privacy Policy · Ma’lumotni o‘chirish. Savollar: aktamovshahzod08@gmail.com.